Bu metro yoʻnalishini loyihalashtirish 2017 yilda boshlangan edi. Uzunligi 7 kilometrlik mazkur temir yoʻlda beshta bekat barpo etilgan.
Metropolitenning “Olmazor” bekati bilan oraliqda 580 metrlik tonnel qurilib, yer usti va yer osti yoʻllari bogʻlangan.
Bekatlar milliy dizayn asosida pardozlangan, zamonaviy texnologiyalar, elektron toʻlovli turniketlar, eskalator va liftlar bilan jihozlangan. Bu yoʻnalishda 214 nafar xodim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Ushbu yoʻnalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Shu bois u ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ekologik jihatdan ulkan ahamiyatga ega. Masalan, Sergeli tumanini poytaxtimiz markazi bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻli aksar hollarda tirband boʻladi. Oqibatda yoqilgʻi sarfi ortib, atmosferaga katta miqdorda zararli gazlar chiqadi. Odamlar manziliga kechikib, asabiylashadi. Yangi yer usti metrosi esa aholiga juda katta qulaylik yaratadi.
Ishga tushgan metro suratlari Sputnik jamlanmasida.