23:49 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Ushbu nodir sayyohlik obʼyekti Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan. Oʻtgan yilning 16 oktyabrida turistik obʼyektning tantanali ochilish marosimi doirasida "Konigil" fuqarolar yigʻiniga "turizm qishlogʻi" maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirilgan.

Samarqand viloyatida joylashgan Konigil - sayyohlar dam olishi, xalq amaliy sanʼatidan zavq olishi, milliy urf-odatlar, anʼanalar va taomlar bilan tanishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan ajoyib turistik maskan

Qishloq aholisi hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va albatta oʻz mehmondoʻstligi bilan mashhurdir. Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mehmon uylari, dam olish zonalari, piyoda yoʻlaklari, umumiy ovqatlanish shahobchalari. Bu yerda sayohatchilar dam olishlari, tabiatdan bahra olishlari, Siyob anhori boʻylab sayr qilishlari va milliy oshxona taomlaridan tatib koʻrishlari mumkin.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular