Vulqon kullari Nikolozi, Pedara, Maskaluchiya va Trekastani hududlarini qoplagan. Vulqon oʻchogʻidan otilgan ayrim toshlar hatto Kataniya viloyati markaziga ham yetib borgan.
Etnaning uygʻonishi ushbu hududdagi havo yoʻlining yopilishiga hamda Kataniya xalqaro aeroporti faoliyati toʻxtatilishiga sabab boʻlgan.
Etna Sitsiliya orolining shimoli-sharqiy qismidagi harakatdagi vulqon. Balandligi 3295 metrni tashkil etadi va bu Yevropadagi eng baland vulqondir.