06:21 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. Arxiv surat

Islom Karimov Toshkent viloyati hokimini ishdan oldi

© Sayt Prezidenta RF
Siyosat
Havola olish
107511

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev oʻz lavozimidan ozod qilindi, — deb xabar qildi RIA Novosti nashriga hokimlik maʼmuriyatidagi manba.

"Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev lavozimidan ozod qilinib, ayni vaqtda Yangiyoʻl tumani hokimi lavozimiga oʻtkazilgan. Prezidentning yana bir farmoni bilan shu paytgacha S. Abdullayevning oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Islomjon Ergashxoʻjayev viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi", — deb xabar qildi agentlikka manba.

Manbaga koʻra, kadrlar almashinuvi sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda.

Abdullayev Toshkent viloyatiga bor-yoʻgʻi olti oy rahbarlik qilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 4 fevralida Toshkent viloyati hokimligida Viloyat xalq deputatlarining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil aprel oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Ahmadjon Usmonovni vazifasidan ozod etish toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi. Usmonovning oʻrniga shu paytgacha Zangiota tumanida hokim sifatida ishlab kelgan Sodiq Abdullayev hokim etib tayinlangan edi.

Asosiy mavzular