06:54 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)
55222

Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxanov 7 oktyabr kuni Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida oʻtkazilgan Oʻzbekistondagi prezident saylovlariga bagʻishlangan brifing davomida xorijdagi saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar muhayyyo qilinishini aytdi

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xorijiy davlatlardagi vakolatxonalar huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 44 ta saylov uchastkalari tashkil etildi, deb bayonot qildi Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchisi Bahrom Ashrafxonov juma kuni Oʻzbekistondagi Prezident saylovlariga bagʻishlangan brifing chogʻida.

"Oʻzbekiston milliy qonunchiligi asosida hamda Oʻzbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi qaroriga asosan xorijiy davlatlar vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi hududida saylov uchaskalari Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi qoshida hamda Novosibirskdagi Bosh Konsullik qoshida tashkil etiladi", — deb taʼkidladi Bahrom Ashrafxanov.

Elchi janoblari, shuningdek, xorijdagi saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar muhayyyo qilinishini qoʻshimcha qildi.

Brifing, posvyaщennыy vыboram v Uzbekistane
© Sputnik
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida oʻtkazilgan Oʻzbekistondagi prezident saylovlariga bagʻishlangan brifing
Mavzu:
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)

Asosiy mavzular