Shavkat Mirziyoyev BMT yangi Bosh kotibini tabrikladi

© REUTERS / DENIS BALIBOUSEBMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Antoniu Guterrishni qat’iy qo‘llab quvvatlashini bildirdi va o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik.  O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev BMT yangi bosh kotibi Antoniu Guterrishni BMT bosh kotibi etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.

BMT Bosh kotibi - Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Antoniu Guterresh - BMTga bosh kotib etib saylandi

Mirziyoyev shz tabrik xatida O‘zbekiston BMTni butun jahon tinchligi va barqarorligini saqlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning ko‘plab murakkab muammolarini hal etish, izchil rivojlanishni ta’minlash va ekologiyani himoya qilishdagi universal xalqaro tuzilma deb hisoblashini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev dunyoda barqaror va keng ko‘lamli rivojlanish uchun tashkilotga faoliyatini amalga oshirishda Antoniu Guterrishni qat’iy qo‘llab quvvatlashini bildirdi va unga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0