08:48 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
32911

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirgʻiziston delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. 2016-yilning 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida boʻlib turgan Qirgʻiziston delegatsiyasi rahbari Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, suhbat chogʻida ikki va koʻp tomonlama shakldagi Oʻzbekiston- Qirgʻiziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlangan.

Uchrashuv yakuniga koʻra 2016-2017-yillarga moʻljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolangan.

Uchrashuvda Qirgʻiziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etgan.

Asosiy mavzular