12:26 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)
96 0 0

Markaziy saylov komissiyasi koʻzi ojiz fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlash, ular uchun Brayl alifbosida saylov byulletenlarini tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qildi

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. 8 noyabr kuni Komissiya Raisi M. Abdusalomov rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida boʻlib oʻtgan majlisda Markaziy saylov komissiyasi koʻzi ojiz fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlash, ular uchun Brayl alifbosida saylov byulletenlarini tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot-xizmati.

Tadbirda qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiradilar. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.

Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabatiga, mashgʻulot turi va xususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

Qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasining shu yil 7 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar dasturi izchil amalga oshirilmoqda.

Jamiyatni yanada yangilash va demokratlashtirish fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlash bilan uzviy bogʻliqdir. Milliy saylov tizimi, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun, unga soʻnggi yillarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shuningdek, saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklarini keng tushuntirish ishlari olib borilyapti. Tadbirlar aholining keng qatlami, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, birinchi marta ovoz beradigan yigit-qizlar, nuroniylar, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, fuqarolar yigʻinlari vakillari, mehnat jamoalarida, oʻquv muassasalarida, shuningdek, xorijda olib borilyapti.

Sall-markaz dispetcheri, arxiv surat
Sputnik / Aleksey Filippov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida oʻtkazilyapti. Amaldagi qonunlarga binoan, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Saylov kampaniyasida xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Maʼlumki, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi kuzatuvchilar missiyasining elchi Yoxan Peter Traugott Teyler boshchiligidagi asosiy guruhi saylov jarayonini kuzatish boʻyicha oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Majlisda YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi kuzatuvchilar missiyasining mamlakatimizga shu yilning 6-7 noyabr kunlari tashrif buyurgan 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)

Asosiy mavzular