O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevChegara posti
Chegara posti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur malisda ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdilar

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi
"2016-yilning 21-25-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi 54-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur malisda ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdilar.

Muzokaralar davomida 2016-yilda bajarilgan demarkatsiya ishlarining yakunlari sarhisob qilindi hamda 2017-yilda bo‘lajak ishlar ko‘lami kelishildi.

Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0