TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirildi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston Tashqi ishlar rasmiy saytida.
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonga 2016-yil 29-noyabr kuni Adana shahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiaviy hodisa – yongʻin natijasida koʻplab insonlarning halok boʻlishi munosabati bilan samimiy taʼziya izhor etilgan maktub yoʻlladi", — deyiladi xabar matnida.
Maktubda halok boʻlganlarning va jarohat olganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda soʻzlari izhor qilingan.