06:54 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
7011

Rossiya delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish toʻgʻrisidagi rejalarini oʻrtoqlashdilar

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. 2 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federatsiya Kengashi Raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida senatorlar Vladimir Jabarov, Mixail Kozlov, Sergey Lisovskiy va Dmitriy Mezensev bor.

Rossiya delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish toʻgʻrisidagi rejalarini oʻrtoqlashdilar.

Muloqot davomida dolzarb Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibi nuqtainazaridan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Teglar:
senatorlar, saylov, TIV, siyosat, uchrashuv, Mixail Kozlov, Vladimir Jabarov, Vladimir Tyurdenev, Abdulaziz Kamilov, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular