Turkmaniston rahbari Mirziyoyevni tabrikladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGurbanguli Berdimuxamedov
Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuxamedov Shavkat Mirziyoyevga tabrik so‘zlari yo‘llab, O‘zbekiston va Turkmaniston qardosh xalqlari orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bildirdi.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Turkmaniston rahbari matbuot xizmati.

Xabarda, ikki mamlakat  xalqari orasidagi qardoshlik munosabatlarining yuqori darajada ekanligi qayd etilgan hamda mamlakatlar orasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga  umid bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0