Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk prezidentlik safarini Rossiyaga uyushtiradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPutinning O‘zbekistonga tashrifi
Putinning O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kreml ma’muriyati ushbu xabarni ijobiy qarshi oldi va ikki mamlakat o‘rtasida yaqin va samarali hamkorlikka umid bildirishdi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk prezidentlik safarini Rossiyadan boshlaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Izvestiya" nashriga tayangan holda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomon safaga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan. "Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kelgusi yilning boshlarida, ya’ni u prezidentlik vakolatlarini rasman qabul qilib olgach amalga oshiriladi", — deb ta’kidlagan nashrga ishonchli manba.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovi 4-dekabr kuni o‘tkazilgan edi. Shavkat Mirziyoyev uchun saylovchilarning 88,61% ovoz berdi.

Rossiya prezidenti O‘zbekistonning yangi saylangan prezidentini telefon orqali tabriklagan edi.

Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab, Rossiyaga taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan telefon orqali muloqot davomida davlat rahbarlari hozirgi kunda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yuksak darajada ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Samarqand shahrida o‘tgan oliy maqomdagi ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida erishilgan kelishuvlar rejali va tizimli asosda hayotga tatbiq etilayotganini ijobiy baholaganlar. Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat’iy tayyor ekanliklarini bildirganlar

Yangiliklar lentasi
0