21:08 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
26320

Oʻzbekiston Respublikasining yangi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlaridan qutlovlar kelishda davom etmoqda

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasida 2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy ham oʻz tabrik matubini yoʻllagan.

"Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga!

Siz Janobi Oliylarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Sizning saylanganingiz, Eron Islom Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati aʼzolarining ikki tomonlama aloqalar kun tartibidagi maqsadlar va vazifalarni hayotga tatbiq etish yoʻlidagi saʼy-harakatlari samara berishi uchun yaxshi fursat yaratadi, deya ishonaman.

Siz Prezident lavozimida faoliyat koʻrsatadigan yangi davrda birgalikdagi harakatlarimiz sharofati bilan ikki tomonlama munosabatlar xalqlarimiz oʻzaro manfaatdorligi asosida oldingidan koʻra koʻproq, kun sayin rivojlanishi hamda mintaqaviy va xalqaro tinchlik, xavfsizlik mustahkamlanishining shohidi boʻlamiz, deb umid qilaman.
Xudovandi karimdan Siz Janobi Oliylariga sogʻlik-salomatlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston hukumati, birodar va doʻst xalqiga tinchlik va farovon hayot tilab qolaman.

Hasan Ruhoniy, Eron Islom Respublikasi Prezidenti".

Teglar:
prezident, saylov, qutlov, tabrik, Mirziyoyev, Ruhoniy, Eron, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular