22:00 05 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
259 0 0

Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Gruziya munosabatlarining dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. 2016-yilning 7-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari David Djalagania boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Gruziya munosabatlarining dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilingan.

Muzokaralar davomida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi hamda uni kengaytirish boʻyicha takliflar batafsil koʻrib chiqilgan.

Maslahatlashuvlarda Gruziya Elchisi Konstantin Jgenti ishtirok etgan.

Teglar:
transport, taklif, hamkorlik, Gruziya, Oʻzbekiston, TIV, siyosiy maslahatlashuv, uchrashuv, Abdulaziz Kamilov, Konstantin Jgenti, Gruziya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular