20:57 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
118431

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelishda davom etmoqda

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 4-dekabr kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi natijalari eʼlon qilindi. MSK qaroriga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga saylangan, deb tan olindi. Mirziyoyevning Prezident etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlaridan tabrik telegrammalari kelishda davom etmoqda, deb xabar qilgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, 10-dekabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Barak Obama Shavkat Mirziyoyevni tabriklab tabrik telegrammasini yoʻllagan.

"Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga. Muhtaram janob Prezident! Amerika Qoʻshma Shtatlari nomidan Sizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, yaʼni 25-yil avval boshlangan. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.

Sizning Prezident etib saylanishingiz Oʻzbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida eʼtiboringizni qoʻllab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.

Hukumatingiz bilan oʻrnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. Oʻzaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yoʻlida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman", — deyilgan qutlov matnida.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston prezidenti saylovida OʻzLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 88,6% ovozini olishga muvaffaq boʻlgan edi.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
samimiy tabrik, qutlov, AQSH, siyosat, Barak Obama, Shavkat Mirziyoyev, AQSH, Amerika, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular