ID qaytadan Palmirani egallab oldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalmira yana ID qo‘lida
Palmira yana ID qo‘lida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ID qo‘mondonligi Iroqning Mosul shahridan, Suriyaning Rakka va Dayr-az-Zor hududlaridan Palmiraga 5 mingga yaqin jangarilar va harbiy texnika yuborgan.

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Oxirni ikki kun ichida bo‘lib o‘tgan janglardan keyin Suriyadagi Palmira qadimiy qo‘rg‘oni jangarilar qo‘liga o‘tdi. Ushbu vaziyatga Rosssiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov izoh berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Peskov Rossiya hukumati ushbu vaziyatdan afsusda ekanligini va jangarilarning qadimiy yodgorliklar maskani bo‘lgan Palmirani egallab olishi butun insoniyat uchun katta yo‘qotish ekanligi xabar qildi.

Matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda jangarilar Palmiraga kirib kelishi Moskvaning emas, balkim terrorchilar bilan kurashish o‘rniga “qo‘l qovushtirib o‘tirgan” boshqa mamlakatlar obro‘siga putr yetkizadi.

Peskov aytishiga qaraganda Iroqdan siqib chiqarilayotgan jangarilar Suriya hududida katta guruhlar tashkil qilib hujumga o‘tmoqda.

Biroz oldin, tinch  aholi Palmiradan evakuatsiya qilingani va hukumat qo‘shinlari shahar chetida qaqshatgich janglar olib borayotgani xabar qilingan edi.

Rossiya harbiylari xabariga ko‘ra, ID qo‘mondonligi Iroqning Mosul shahridan, Suriyaning Rakka va Dayr-az-Zor  hududlaridan Palmiraga 5 mingga yaqin jangarilar va harbiy texnika yuborgan.

 

Yangiliklar lentasi
0