17:59 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
53331

"Bizning Yaponiya bilan hududiy muammolarimiz yoʻq. Hududiy muammolarimiz bor, degan gap Yaponiyadan chiqyapti, biz esa bu muammoni muhokama qilishga tayyormiz", - deb taʼkidladi Vladimir Putin

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Moskvaning Tokio bilan hududiy muammolari yoʻq, deb bayonot qildi seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaning Nippon TV televideniyesiga bergan intervyusida.

"Bizning Yaponiya bilan hududiy muammolarimiz yoʻq. Hududiy muammolarimiz bor, degan gap Yaponiyadan chiqyapti, biz esa bu muammoni muhokama qilishga tayyormiz", — deb taʼkidladi Vladimir Putin.

Putin, shuningdek, Moskva va Yaponiya oʻrtasida tinchlik shartnomasining yoʻqligini "tarixdan qolgan anaxronizm" deb hisoblashini taʼkidladi. Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, 1956 yilda, yaʼni mamlakatlar oʻrtasida diplomatik aloqalar qayta tiklangan davrda, Moskva va Tokio oʻrtasida munosabatlar qurilishi uchun zarur boʻlgan bosh asosning oʻzi boʻlmagan.

Rossiya yetakchisi mamlakatlar oʻrtasida "ishonch, doʻstlik va hamkorlik muhitini" yaratishga chaqirdi. Putinga koʻra, gap bu yerda nafaqat savdo-iqtisodiy, balki xalqaro xavfsizlikni taʼminlash borasida hamkorlik masalalari haqida ham bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15-16 dekabrga moʻljallangan. Rossiya prezidentini Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening ajdodlariga qarashli Yamaguti prefekturasida mehmonga kutishyapti. Tomonlar oʻnlab hujjatlarni imzolashlari kutilmoqda.

Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning toʻliq tartibga solinishi va tinchlik bitimining imzolanishiga janubiy Kuril orollariga egalik qilish masalasi xalal bermoqda.

Yaponiya va Rossiya oʻrtasidagi hududiy bahs Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri davom etadi — urush yakunlariga koʻra, Kuril orollari butunligicha SSSR tarkibiga qoʻshib olingandi. Biroq Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari guruhiga Yaponiya muntazam ravishda daʼvo qilib keladi.

Teglar:
Kuril orollari, tinchlik shartnomasi, Yaponiya, Vladimir Vladimirovich Putin, Sindzo Abe, Yaponiya, Rossiya

Asosiy mavzular