01:38 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
59423

Oʻzbekiston Senati 13 dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Bosh vazir vazifasidan ozod qildi

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Senati seshanba kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni oʻz vazifasidan ozod qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda taʼkidlanishicha, bu haqda Senat raisi Nigʻmatulla Yoʻldoshev maʼlum qilgan.

"Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror sizning qoʻlingizda. Marhamat ovoz bering. Bir ovozdan qabul qilindi", — deb taʼkidlagan Yoʻldoshev yigʻilishda.

Eslatib oʻtamiz, 12 dekabr kuni Parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazirlik uchun Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgandi. 14 dekabr kuni Aripov ushbu lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan edi.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
chetlatildi, lavozim, Bosh vazir, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular