20:45 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
226130

Iroq yetakchisi Saddam Husaynni tergov qilgan Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi (TSRU) tergovchisi Jon Niksonga koʻra, Saddam hayotining soʻnggi yillarini mamlakatni boshqarishga emas, balki romanlar yozishga sarflagan

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Saddam Husaynni tergov qilgan TSRU tergovchisi Jon Nikson, Iroq yetakchisi hayotining soʻnggi yillarida nimalar bilan mashgʻul boʻlgani haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Amerika Markaziy Boshqarmasi tergovchisiga koʻra, Saddam hayotining soʻnggi yillarida romanlar yozish bilan band boʻlgan va shu sababli qoʻshni davlatlarda roʻy berayotgan hodisalarni chuqur anglamagan.

Nashr shuningdek, Saddam 2003-yilning aprelida, AQSH va Buyuk Britaniya boshchiligidagi koalitsiya harbiylari Iroqqa bostirib kirganidan soʻng taxtdan agʻdarilgani haqida eslatib oʻtgan.

Iroq Oliy Sudi esa Saddam Husaynni 1982 yilda Ad-Dudjayl qishlogʻida istiqomat qilgan 148 kishi oʻlimida ayblagan va uni oʻlimga mahkum etgan. Sud hukmi 2006 yilning oxirida ijro etilgan.

Joriy yilning 27 dekabrida dunyo yuzini koʻradigan "Saddam Husayn. Soʻroq" nomli kitobida Nikson oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan. Tergovchiga koʻra, amerikalik harbiylar Saddamni u yashiringan joyidan olib chiqishganlarida, aynan Nikson uni chandiqlari va tatuirovkalari tufayli tanib qolgan.

Ilk soʻroqlar natijasi Saddam Husayn mamlakatda roʻy berayotgan hodisalarni yaxshi anglamasligini koʻrsatgan. "Saddam romanlar yozish bilan band boʻlgan. U endi hukumatni boshqarmas edi… Aftidan, Saddam Iroqda nimalar roʻy berayotganini oʻziga dushman boʻlgan amerikalik va britaniyaliklar singari yaxshi tushunmasdi. U oʻz hukumati faoliyatini tashlab qoʻygan hamda Iroq muhofazasini taʼminlash uchun bironta reja tuzmagan edi", — deya iqtibos keltiradi nashr Nikson kitobidan.

TSRU tergovchisining yozishiga koʻra, AQSH Saddamni qoʻshni hamda Gʻarb davlatlariga hujum qilishga shaylanayotganlikda ayblagan boʻlsa-da, haqiqatda esa bunday boʻlmagan.

Bundan tashqari, Husayn AQSH prezidenti — katta Jorj Bushga qarshi fitna uyushtirayotganini ham inkor etgan. Iroq yetakchisi "Iroq ommaviy qirgʻin quroliga ega emasligini va bu borada boshqa davlatlarga xavf tugʻdirmasligini"  taʼkidlab oʻtgan. "Sizlar yutqazasizlar. Iroqni boshqarish unchalik ham oson emasligiga amin boʻlasizlar", — deya bashorat qilgan Husayn soʻroq jarayonlarining birida.

Niksonga koʻra, Husayn oʻz xotinlarini muhokama qilishni yoqtirgan va tergovchiga oʻz oilasi hamda "alohida muammo" boʻlgan oʻgʻli Uday haqida soʻzlab bergan.

Husaynning soʻzlariga koʻra, Udayning Bagʻdodda bir nechta hashamatli avtomobillari boʻlgan va ular harbiylar tomonidan qoʻriqlangan. Iroq yetakchisi bu iroqliklarning jahlini chiqarishi mumkin degan oʻyda avtomobillarni yoqib yuborishni buyurgan. Uday 2003 yilning iyul oyida amerikalik harbiylar tomonidan Mosulda oʻldirigan.

Amerika MRB tergovchisi oʻz kitobida Husaynning qatl qilinish jarayonini ham yozib oʻtgan. "Meni hayratlantirgani, Saddam xonadagi(oʻlimga mahkum qilinganlar demoqchi, tahr.)lardan farqli oʻlaroq oʻta munosib koʻrinishga ega edi. Bizning yigit va qizlarimiz bu uchun jon fido qilishmagan. Bush bizga bu kabi yangi  Iroqni vaʼda qilmagan edi", — deb yozgan Nikson oʻz kitobida.

Teglar:
harbiy toʻntarish, Iroq, Saddam, AQSH, Saddam Husayn, Iroq, AQSH

Asosiy mavzular