Senatorlar "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston Respublikasi Senati majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Senati majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. 13-dekabr kuni Toshkentda ish boshlagan Senatning sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.

Kishanlangan qo‘llar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ruminiya korrupsiya haqidagi ma’lumotlar bilan almashadi
Ushbu normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgani ta’kidlangan.

Huquqiy hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan, vakolatli organlar tizimi keltirilmoqda, ushbu sohada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilab berilmoqda hamda ochib berilmoqda, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyati aks ettirilayotgani e’tirof etilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini kuchaytirish maqsadida qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarni tashkil etish hamda uning tarkibiga jamoat birlashmalarining vakillarini, tadbirkorlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmoqda.

Amerika valyutasi konvert ichida - Sputnik O‘zbekiston
Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi
Ushbu normativ-huquqiy hujjat xususiy mulkni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoyalashga qaratilgan. Senatorlar tomonidan qonunning qabul qilinishi ishchanlik faoliyatini va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, fuqarolar huquqlarini va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga ko‘maklashishi qayd etilgan.

Muhokama jarayonida ushbu qonun ma’qullangan.

Yangiliklar lentasi
0