06:09 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
211651

Prezident qasamyodi tadbiri turli davlatlarda turlicha oʻtkaziladi. Misol uchun, musulmon davlatlarida davlat rahbarlari muqaddas kitobga qoʻlini qoʻygan holda qasamyod qilsa, ayrim mamlakatlarda ushbu tadbirga unchalik ahamiyat berishmaydi

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun Shavkat Mirziyoyev Qurʼon va Konstitutsiyaga qoʻlini qoʻygan holda qasamyod qildi.

Yaʼni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov Mirziyoyevni Oʻzbekiston Prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va MSK shahodatnomasini topshirgach, Shavkat Mirziyoyev: "Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman", deya qasamyod qildi.

Inaguratsiya prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
MSK Raisi Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topshirdi

Boshqa rahbarlar qanday qasamyod qiladilar?

Albatta, prezident qasamyodi turli davlatlarda turlicha tarzda kechadi. Misol uchun, AQSH prezidenti qasamyod qilar ekan, Oliy sud raisi aytgan soʻzlarni takrorlashi kerak. Tadbir har yili bir xil sanada — 20 yanvarda Vashingtondagi Kapitoliy oldida oʻtkaziladi. Prezident ommani oʻz dasturi bilan tanishtirgach, tantanali parad, soʻngra bal oʻtkaziladi. AQShda soʻnggi qasamyod tadbiri 2013 yilning yanvarida oʻtkazilgan. Barak Obama Linkoln Injiliga qoʻlini qoʻygan holda qasamyod qilgan. Ushba tadbirni 2 mlndan ortiq kishi kuzatgan.

Inauguratsiya prezidenta SSHA Baraka Obamы
AFP / JEWEL SAMAD
AQSH prezidenti qasamyod tadbiri

Qasamyod tarixi

Davlat rahbarining oʻz lavozimiga rasman kirishishi tadbiri AQShda dunyoga kelgan. 1801 yilda AQShning 3-prezidenti Tomas Jefferson Kapitoliy senatida ilk bor qasamyod nutqi bilan chiqish qilgan. Oʻsha vaqtdan boshlab bu jarayon anʼanaga aylangan.

Markaziy Osiyo rahbarlari qanday qasamyod qiladilar?

Albatta, Markaziy Osiyo davlatlarida qasamyod jarayoni Yevropadan farqli oʻlaroq ancha tantanali kechadi. Misol uchun, Qozogʻiston Prezidenti oʻz xalqiga qasamyod qilar ekan, oʻng qoʻlini konstitutsiyaga qoʻyadi. Shundan soʻng davlat bayrogʻiga yaqinlashib, uning old tomonini oʻpadi. Shundan soʻng Qozogʻiston madhiyasi ijro etiladi va Oqoʻrda ustida Qozogʻiston bayrogʻi koʻtariladi. Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi raisi yangi rahbarga prezidentlik guvohnomasini topshirgach, prezident nutq soʻzlaydi va soʻngra mamlakat Qurolli kuchlari tomonidan tashkil etilgan paradni qabul qiladi.

Turkmanistonda ham ushbu tadbir tantanali oʻtkaziladi. Misol uchun 2008-yilda qasamyod qilgan Gurbanguli Berdimuhammedovga moʻl-koʻchilik ramzi boʻlmish — dasturxonga oʻralgan non, Qurʼon hamda Turkmanistonning birinchi prezidenti, 2006 yilning 21 dekabrida favqulodda vafot etgan Saparmurod Niyozov tomonidan yozilgan "Ruhnoma" asari taqdim etilgan. Gurbanguli Berdimuhammedov, bundan tashqari, turkman xalqining birdamligini anglatuvchi sovgʻa — kamalak oʻqdonni ham qabul qilib olgan.

Tojikiston prezidenti qasamyod tadbiri esa Dushanbedagi hukumat qarorgohi hududida oʻtkaziladi. Tojikiston milliy madhiyasi yangragach, va prezidentga Prezidentlik nishoni topshirilgach, davlat rahbari bir qoʻlini konstitutsiyaga, ikkinchisini koʻksiga qoʻygancha qasamyod keltiradi. Xuddi shu kunning oʻzida mamlakatdagi markaziy maydonda harbiylar paradi boʻlib oʻtadi. Harbiylar bosh qoʻmondonga sadoqat ila xizmat qilishga qasamyod qiladilar.

Osnovatel mira i natsionalnogo yedinstva — Lider natsii Emomali Raxmon
Emomali Rahmon, Millat yetakchisi, Tojikiston prezidenti

 

Janubiy Koreyada esa prezident qasamyodi bir palatali milliy kengash binosi oldida oʻtkaziladi. Tadbirda son-sanoqsiz mehmonlar ishtirok etadilar. Ularning barchasi prezident nutq soʻzlaydigan minbar qarshisida yigʻma kursichalarga oʻtqaziladi. Mabodo, yomgʻir yogʻishi ehtimoli boʻlsa, mehmonlarga polietilen plashch tarqatiladi.

Birgina xato prezidentlik kursisidan judo qilishi mumkin

Chexiyada bu tadbirga oʻta jiddiy qaraladi. Xalq tomonidan saylangan rahbar qasamyod qabul qilayotganda kichik boʻlsa-da xatoga yoʻl qoʻyadigan boʻlsa, mamlakatda boʻlib oʻtgan saylovlar hisobga oʻtmaydi.

Inauguratsiya prezidenta Chexii Milosha Zemana
AFP / RADEK MICA
Chexiya prezidenti Milosh Zemanning qasamyod tadbiri

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida, diniy institutlar katta kuchga ega. Yaʼni qasamyod qabul qilayotgan davlat rahbari qoʻlini muqaddas kitobga qoʻyadi. Va shu tarzda amalga oshirilgan qasamyod rasmiy tusga ega boʻladi.

Frantsuzcha qasamyodning oʻziga xos jihatlari

Yevropa davlatlarida prezident qasamyod qilish tadbiri oʻta odmi va qisqa tarzda kechadi. Misol uchun, Frantsiyada prezident umuman qasamyod qabul qilmaydi, u vakolatini oʻzidan oldingi prezidentdan qabul qilib oladi.

Yaʼni, Frantsiyaning amaldagi va boʻlajak prezidentlari yarim soat holi qolib, suhbatlashadilar. Shu vaqt oraligʻida "ketayotgan" prezident oʻz oʻrniga kelgan yangi rahbarga "yadroviy kodlar" va davlatga tegishli boshqa muhim sirlarni topshiradi.

Ofitser s yadernыm chemodanchikom
Sputnik / Vladimir Fedorenko
Yadro chemodanchasi

Qasamyod tadbiriga katta ahamiyat qaratmaydigan davlatlar ham bor. Misol uchun, 2000-yilda Meksikada oʻz lavozimiga kirishayotgan Visente Foks ushbu tadbirni Mexiko harobalaridagi qarovsiz bolalar bilan nonushta qilgan holda "nishonlagan".

Internet maʼlumotlari asosida tayyorlandi.

Teglar:
yadro jomadoni, Injil, Qurʼon, prezident qasamyodi, davlat rahbarlari, Frantsiya, AQSH

Asosiy mavzular