16:04 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
451765

Rustam Azimov Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi, Respublika ayollar kengashiga ham yangi rahbar tayinlandi. Shu va boshqa oʻzgarishlar haqida xabarlarni eʼtiboringizga taqdim etamiz

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda kadrlar almashuvi davom etmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Oliy Majlisining qoʻshma majlisida Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgan edi.

Deputatlar va senatorlar orasida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, Aripov ushbu lavozimga tasdiqlandi.

15 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov oʻz lavozimidan ketgani xabar qilindi.

Azimovning oʻrniga 2011 yilning 1 noyabridan Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan Botir Xodjayev Moliya vaziri lavozimini egalladi.

Predsedatel pravleniya kompanii Achilbay Ramatov
«Uzbekiston temir yullari»
Oʻzbekiston temir yoʻllari rahbari Achilbay Ramatov Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlandi

Yaqinga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimini egallab kelgan Elmira Basitxanova 2016 yilning 12 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi.

15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi hamda Bosh vazir oʻrinbosari lavozimini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbayeva Tanzila Kamalovna egalladi.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ rahbari Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.

Rasmiy manbaning "Darakchi" nashriga maʼlum qilishicha, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ raisi Ramatov Achilbay Jumaniyazovich tayinlangan. Ramatov, shuningdek, oʻz kompaniyasida raislik faoliyatini davom ettirishi maʼlum qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi. Viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Shukrullo Habibullayevich nomzodi koʻrib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qoʻllab-quvvatlashi bilan bir ovozdan maʼqullangan.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
oʻzgarishlar, Bositxonova, Azimov, Aripov, Mirziyoyev

Asosiy mavzular