03:03 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
175671

MDH Siyosiy izlanishlar instituti rahbari, siyosatchi Aleksey Bыchkov, yangi prezident kelishi bilan Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo hududida nimalar oʻzgarishini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 15dek — Sputnik. MDH Siyosiy izlanishlar Instituti rahbari Aleksey Bыchkov Sputnik muxbiri bilan muloqotda boʻlib, Oʻzbekistonda yuz berayotgan siyosiy oʻzgarishlar haqida oʻz fikrini bildirdi.

"Janob Islom Karimov konservator siyosatchi edi. Mirziyoyev esa progressiv siyosatchi. Buni yaqinda boʻlib oʻtgan saylovlar yaqqol namoyish qildi. Har bir kishi alohida ovoz berishiga imkon yaratilishi, koʻzi ojizlar uchun maxsus alifboda byulletenlar chiqarilishi — bularning hammasi Oʻzbekistonda demokrat ik oʻzgarishlar tomonga qoʻyilgan qadamlar boʻldi.

Shu bilan bir vaqtda Oʻzbekistonda oldingi tizim tartib qoidalpriga oʻrganib qolgan siyosatchi va boshqaruvchilar hali koʻp. Shuningdek, Oʻzbekistonda qarindosh-urugʻchilik aloqalari ham juda kuchli. Ushbu sabablarga koʻra mamlakatda oʻrnatilgan tartib-qoidalarni keskin oʻzgartirish oson boʻlmaydi, deb oʻylayman.

Mirziyoyev sekin-asta, isloholar yoʻli bilan Oʻzbekistonda yangi boshqaruv tizimi (format)kirita boshlaydi. Agar Mirziyoyev mana shu ishning uddasidan chiqsa, Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoning eng progressiv mamalkatiga aylanishi mumkin. Bu nafaqat demokratiya sohasida balkim iqtisodiyot sohasiga ham taaluqli. Chunki Oʻzbekistonda kuchli savdo-sanoat salohiyati va inson resurslari bor.

Demokratiya sohasida Mirziyoyev boshlagan ijobiy islohotlar allaqachon koʻrina boshladi. Masalan, hali prezident boʻlmasdan turib, u Hukumatni nafaqat prezident oldida balkim xalq oldida ham hisobot berish tartibini eʼlon qildi.

Ushbu islohotlar nafaqat ichki, balkim tashqi siyosatiga ham taʼsir qiladi. Mirziyoyev davlat boshiga kelgan zamon qoʻshni mamlakatlar bilan mavjud boʻlgan nizolarni bartaraf qilib aloqalarni mustahkamlashga kirishdi. Masalan, Qirgʻiziston bilan chegara mojarosi izchil hal qilina boshlandi, Tojikiston bilan iqtisodiy aloqalar tiklana boshlandi. Umuman aytganda, Oʻzbekiston ushbu sohaga birinchi boʻlib qadam qoʻyar ekan,  hududda oʻzining yetakchilik oʻrnini yana bir bor tasdiqladi desak adashmaymiz", — dedi Aleksey Bыchkov.  

Asosiy mavzular