01:27 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
1070290

Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portalida Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi keltirildi

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalida keltirilgan xabarga koʻra, bugun Oʻzbekiston Moliya vazirligidan ketgan Rustam Azimov hukumat tarkibida qolgan.

Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi esa quyidagicha:

Aripov Abdulla Nigʻmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri.

Bosh vazir quyidagi vazirliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari: Ramatov Achilbay Jumaniyazovich; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va kurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari; Azimov Rustam Sodiqovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari.

Mirzayev Zoyir Toirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksining rahbari.

Ibragimov Gʻulomjon Inomovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari.

Rozuqulov Ulugʻbek Ubaydullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Oʻzavtosanot” aktsiyadordik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari.

Ikramov Adham Ilhomovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari.

Norboyeva Tanzila Kamalovna — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
hukumat tarkibi, Zoyir Mirzayev, Azimov, Aripov

Asosiy mavzular