07:27 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
27942

Ikki davlat rahbarlari oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtdi, suhbat chogʻida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh qozoq xalqini tarixiy sana – Qozogʻiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy tabrikladi

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. 2016 yil 15 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh qozoq xalqini tarixiy sana – Qozogʻiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy tabriklagan.

Oʻz navbatida Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekiston rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishgani bilan muborakbod etgan.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston –Qozogʻiston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Davlat rahbarlari oʻzaro hamkorlikning barcha sohalari boʻyicha amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni davom ettirishga qatʼiy ishonch bildirganlar.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni oʻziga qulay vaqtda Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etgan va ushbu taklif mamnuniyat bilan qabul qilingan.

Teglar:
telefon suhbati, Qozogʻiston prezidenti, siyosat, telefon muloqoti, uchrashuv, Mirziyoyev, Nazarboyev, Qozogʻiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular