15:11 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
352393

Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, yana rahbarlarning faoliyatiga toʻxtaldi

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, yana rahbarlarning faoliyatiga toʻxtaldi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati.

"Qishloq xoʻjaligini bosqichma-bosqich isloh qilish, fermer xoʻjaliklari ekin maydonlarini optimallashtirish asosida yiriklashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilash lozim. Pirovardida qishloq aholisining daromadi va turmush darajasini oshirish, qishloqlar qiyofasini tubdan oʻzgartirish, zamonaviy infratuzilmalarni yanada rivojlantirish imkoniyati kengayadi. Bu borada Toshkent viloyatida barcha imkoniyatlar mavjud, dedi davlatimiz rahbari.
Poytaxt viloyati yerining unumdorligi, hosildorligi bilan respublikamizning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Bu imkoniyatdan samarali foydalanish uchun yerni haqiqiy dehqonga, fermer boʻlaman, deb koʻzi yonib turgan mirishkorlarga berish kerak. Dehqon boy boʻlsa, davlat boy boʻladi", deb taʼkidlagan Mirziyoyev.

Tanqid va tahlil ruhida oʻtgan yigʻilishda Prezidentimiz Toshkent viloyati yoshlarini ish bilan taʼminlash borasida sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, kollej oʻquvchilarining davomati nazoratsiz qolayotganini qayd etar ekan, mutasaddilar bu masalaga alohida eʼtibor qaratishi zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, viloyat hududida foydalanilmay turgan bino va inshootlarni investitsiya kiritish sharti bilan "nol" qiymatda sotish boʻyicha berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarmagani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D.Hidoyatovga hayfsan berilgan.

Toshkent viloyati hududida foydalanilmay turgan bino va inshootlarni investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda sotish boʻyicha berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarmagani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Davron Hidoyatovga hayfsan berildi.

"Toshkent viloyati – katta iqtisodiy salohiyatga, ulkan imkoniyatlarga ega hudud. Zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarini eksport faoliyatiga jalb etishni muttasil oshirib borish zarur", deb taʼkidlagan Mirziyoyev.

Teglar:
prezident, siyosat, mansabdor, hayfsan, Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular