07:43 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
13290267

Virtual qabulxona ayni vaqtda test rejimida ishlamoqda

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda: qoʻngʻiroq qilish, murojaat yuborish yoki OʻzLiDep hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin.

Bosh vazir virtual qabulxonasi PM.gov.uz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi.

"PM.gov.uz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi ("PM" — "Prezidentga murojaat"). Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni koʻrib chiqishni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda", — deyilgan xabar matnida.

Portalda yozilishicha virtual qabulxona ayni vaqtda test rejimida ishlamoqda.

Teglar:
internet, prezident virtual qabulxonasi, shikoyat, ariza, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular