Putin matbuot-anjumanini kirish so‘zisiz boshladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti 12 an’anaviy matbuot-anjumanini uzundan-uzoq monologdan boshlashdan voz kechdi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Joriy yildagi Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot an’anaviy tarzda payshanba kuni emas, balki bugun juma kuni Moskva vaqti bilan 12.00da boshlandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putinning katta matbuot-anjumani
Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi — Andrey Karlovning o‘ldirilishi katta anjumanning bir kunga kechiktirilishiga sabab bo‘ldi.

Bu yilgi matbuot-anjumani xalqaro savdo markazi binosida o‘tkazilmoqda.

Putin uchrashuv zaliga kirib kelib, jurnalistlar bilan salomlashdi va darhol savollarga o‘tishni taklif qildi.

An’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib savol berish imkoni Kreml pulidagi muxbirga taqdim etildi. Savol Rossiya iqtisodiyotiga doir bo‘ldi.

Putin 2016-yilda inflyatsiya darajasi 5,5% ko‘rsatkichni tashkil etishini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu rekord darajadagi past ko‘rsatkichdir.

Rossiya prezidentiga berilgan eng qiziqarli savollar, Putinning eng muhim bayonotlari Sputnik O‘zbekiston reportajida. Kuzatib boring.

Yangiliklar lentasi
0