01:53 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
18422

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi. Uchrashuvda boʻlajak ikki tomonlama aloqalar, jumladan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni oʻtkazish vaqtlari va mazmuni yuzasidan fikr almashildi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. 2016-yilning 28-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shenni qabul qildi, deb xabar bergan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi.

"Muloqot davomida hozirgi paytda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda anʼanaviy doʻstlik va sherikchilikka asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradigan konstruktiv va ochiq munosabat oʻrnatilganligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.

2016-yilning 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Oʻzbekiston-Turkiya uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlari buning yana bir bor isbotidir. Shu nuqtayi nazardan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga doir aniq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda boʻlajak ikki tomonlama aloqalar, jumladan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni oʻtkazish vaqtlari va mazmuni yuzasidan fikr almashildi.

Teglar:
Kamilov, TIV, Oʻzbekiston, elchi, Turkiya

Asosiy mavzular