BMT Bosh Kotibi Mirziyoyev bildirgan ishonchdan ta’sirlandi

© REUTERS / DENIS BALIBOUSEBMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Bosh Kotibi O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lidagi yaqin hamkorlik yanada kengayishiga umid bildirdi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. BMT Bosh Kotibi Antoniu Guterresh O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi va maktub avvalida Mirziyoyev tomonidan bildirilgan ishonchdan g‘oyatda ta’sirlanganini aytib o‘tdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT yangi Bosh kotibini tabrikladi
U o‘z telegrammasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi. 

"Men bu hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi orqali yanada mustahkamlashga harakat qilaman", — deyilgan yo‘llangan maktubda.

BMT Bosh Kotibi O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lidagi yaqin hamkorlik yanada kengayishiga umid bildirdi.

Antoniu Guterresh uningdek, Mirziyoyevga O‘zbekistonga tashrif buyurish haqidagi taklif uchun minnatdorchilik bildirib, qulay imkoniyat bo‘lishi bilan O‘zbekistonga kelish niyati borligini aytib o‘tgan.

"Fursatdan foydalanib Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan muborakbod etaman. Siz bilan yaqin vaqtlarda uchrashish hamda global va mintaqaviy dolxarb tahdidlarni bartaraf etish yo‘lida hamkorlikda ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutaman", — deya qayd etgan BMT Bosh kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Antoniu Guterresh joriy yilning oktabr oyi boshida BMT Bosh kotibi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0