01:48 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
32221

"Mamlakatlarimizning tegishli davlat idoralari oldida ushbu kelishuvlarni qisqa muddatda amalga oshirish borasida katta va masʼuliyatli vazifalar turibdi. Bu ishlar muvaffaqiyatli bajarilishiga ishonaman", - degan Atambayev

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 2016-yil 24-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida oʻziga va Qirgʻiziston delegatsiyasiga koʻrsatilgan samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun chin qalbdan minnatdorchilik izhor etdi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida.

"Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganining yubiley sanasi kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarimiz va ochiq fikr almashganimizni mamnuniyat bilan eslayman. Ishonchim komilki, oʻzaro hamkorligimizni yanada rivojlantirishning yoʻnalishlarini belgilab olib bu borada toʻliq anglashuvga erishdik. Bu xalqlarimiz farovonligi yoʻlida yuqorida tilga olingan shartnomaga yangi hayot bagʻishlaydi", — deyiladi Atambayev yuborgan maktubda.

Qirgʻiziston rahbari uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar oʻzaro munosabatlarning barcha masalalarini, jumladan, avval murosaga kelolmagan masalalarni ham hal qilish imkonini berishiga ishonch bildirib oʻtgan.

"Mamlakatlarimizning tegishli davlat idoralari oldida ushbu kelishuvlarni qisqa muddatda amalga oshirish borasida katta va masʼuliyatli vazifalar turibdi. Bu ishlar muvaffaqiyatli bajarilishiga ishonaman", — deb yozgan Atambayev.

"Sizni yana bir bor ishontirib aytamanki, Qirgʻiziston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi bilan doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash yoʻlida sobit turadi", — deb qoʻshimcha qilgan u.

Fursatdan foydalanib Atambayev butun Oʻzbekiston xalqini yangi 2017-yil bilan samimiy tabriklagan.

Qirgʻiziston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning rahbarligida Oʻzbekiston yangi yilda iqtisodiyot va jamiyatni yanada yuksak surʼatlar bilan rivojlantirishga erishishiga ishonch bildirgan.

"Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sogʻlik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga kuch-quvvat, muvaffaqiyatlar Oʻzbekiston xalqiga Sizning Prezident etib saylanganingiz bilan bogʻliq barcha ezgu maqsadlari roʻyobga chiqishini, taraqqiyot va farovonlik tilayman", — deb qayd etgan Atambayev.

U, shuningdek, Mirziyoyevni Yangi yilda oʻziga qulay vaqtda Qirgʻizistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgan.

Teglar:
Atambayev, oʻzbek-qirgʻiz munosabatlari, Mirziyoyev

Asosiy mavzular