20:50 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
51633

Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezident va Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. 2017 yil kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan. Ilgariroq nashrimizda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Qirgʻiziston rahbari Almazbek Atambayevning maktubini eʼlon qilgan edik.

Qutlovlarda Prezident va Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan, deb xabar qiladi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan: 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti — Vladimir Putin

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi — Dmitriy Medvedev

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti — Nursulton Nazarboyev

Turkmaniston Prezidenti — Gurbanguli Berdimuhamedov

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti — Almazbek Atambayev

Tojikiston Respublikasi Prezidenti — Emomali Rahmon

Belarus Respublikasi Prezidenti — Aleksandr Lukashenko

Armaniston Respublikasi Prezidenti — Serj Sargsyan

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti — Ashraf Gʻani

Ispaniya Qiroli — Felipe VI

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti — Yoaxim Gauk

Buyuk Britaniya Bosh vaziri — Tereza Mey

Polsha Respublikasi Prezidenti — Anjey Duda

Islandiya Prezidenti — Gvyudni Torlasiyus Youxannesson

Kuvayt Davlati Amiri — Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Moʻgʻuliston Prezidenti — Tsaxiagiyn Elbegdorj

Yangi Zelandiya General-gubernatori — Petsi Reddi

MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotibi — Sergey Lebedev

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti — Tomas Bax

Lotte Group kompaniyasi prezidenti — Shin Dong Bin

G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori —Viktor Grishin

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy vakili — Stefan Prisner

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Teglar:
Emomali Raxmon, Lukashenko, Nazarbayev, Atambayev, Putin, xorij davlatlar, qutlovlar, 2017 yil, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular