22:13 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
17630

Turkiyadagi tungi klublaning birida sodir etilgan terakt tufayli 39 kishi qurbon boʻlgan, 69 kishi jarohatlangan. Qurbon boʻlganlarning 16 nafari chet ellik fuqarolardir

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻangan va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlganligi munosabati bilan taʼziya izhor etadi. Davlatimiz rahbari oʻz maktubida qurbon boʻlganlarning oila-aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik tuygʻularini yetkazib qoʻyishni soʻradi. Jarohat olganlarga qisqa muddatda sogʻayib ketishlarini tiladi", — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Turkiyadagi tungi klublaning birida sodir etilgan terakt tufayli 39 kishi qurbon boʻlgan, 69 kishi jarohatlangan. Qurbon boʻlganlarning 16 nafari chet ellik fuqarolardir.

Istanbulda sodir etilgan mudhish hodisa uchun "Islom Davlati" terrorchilik uyushmasi javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi.

Teglar:
terakt, taʼziya, Erdoʻgʻon, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular