11:49 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
307 0 0

AQSH prezidenti Donald Tramp yadroviy qurollarni sezilarli darajada kamaytirish evaziga Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalarning bir qismini olib tashlashi mumkinligini xabar qildi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Tramp yadroviy qurolsizlanish evaziga Rossiyaga qarshi kiritilgan  sanktsiyalarning bir qismini olib tashlashga tayyor. Bu haqida u Britaniyaning Times va Germaniyaning Bild nashrlariga bergan intervyusida xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar bor – qarab koʻraylikchi, Rossiya bilan qanday bitimlar tuzish mumkin ekan. Mening fikrimcha, yadro quroli sezilarli darajada qisqartirilishi kerak”, — dedi Tramp.

Ayni damda Rossiya sanktsiyalardan juda qiynalayotgan boʻlsa-da, ushbu vaziyatni koʻpchilik uchun foydali boʻlgan yoʻl bilan hal qilish mumkin, dedi Tramp.

Oldingi chiqishlarida Tramp Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalarni darhol bekor qilmasligini eʼlon iqilgan edi. Uning fikriga koʻra, agar Amerikaning Rossiya bilan munosabatlari yaxshilansa va Rossiya AQShga yordam bera boshlasa, “agar ikkala ham tomon ajoyib ishlarni birgalikda bajarsa, unda sanktsiyalarni saqlab qolishning nima keragi bor?”

Rossiya va AQSH munosabatlari 2014 yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli keskin yomonlashgan edi. YEI mamlakatlari AQSH va Kanada avval ayrim shaxslarga nisbatan individual sanktsiyalar kiritdi, keyin iqtisodning butun boshli sektorlariga qarshi sanktsiyalar kiritildi. Bunga nisbatan Rossiya ham sanktsiyalarga qoʻshilagn Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qarshi cheklovchi choralar kiritgan edi.

 

Asosiy mavzular