11:17 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
1135121

Rossiya yetakchi siyosatchilari Donald Trampning yadro qurolini kamaytirish evaziga sanktsiyalarni bekor qilish haqidagi bayonotiga oʻz fikrlarini bildirishdi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Moskva AQSH yangi prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilish shartlarini xotirjamlik bilan kutib oldi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, bunday bayonnomalarni jiddiy qabul qilish uchun, avvalomobor, Trampning prezident lavozimiga rasman kirishishini kutib turish kerakligini aytib oʻtdi. Shunday boʻlsada, Peskov ayni damda Rossiya oʻz yadroviy qurollar arsenalini kamaytirishni rejalashtirmaganini xabar qildi.

Peskov aytishiga qaraganda, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar — bu tashqi va ichki siyosat jihatidan ham Rossiya tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan ishlar emas.

Federatsiya Kengashi vakillari fikriga koʻra, Rossiya oldida turgan ishlar orasida — sanktsiyalarni bekor qilish kerak degan maqsad yoʻq, ayniqsa — xavfsizlikni qurbon qilishi yoʻli bilan.  

Senator Konstantin Kosachev fikriga koʻra, Tramp dastavval, nima sababdan ushbu sohada qurolsizlanish boshi berk koʻchaga kirib qolganini diqqat bilan oʻrganib chiqishi kerak.  

"Rossiyaga qoʻyilayotgan yolgʻon aybnomalar olib tashlansa, qurolsizlanish uchun eng katta toʻsiq — bu AQShning raketalarga qarshi dasturi rivojlanishi va dunyoda yakkahokimlik qilishga boʻlgan harakatlari ekanligi yaqqol koʻrinib qoladi. Aynan shu maqsadda NATO infratuzilmasi, zamoaviy qurollar, uchuvchisiz apparatlar va kosmmosni harbiylashtirish rivojlantirilmoqda", — dedi senator.

Davlat Dumasida sanktsiyalar va yadroviy xavfsizlik masalalarini bir biriga bogʻlamaslikka chaqirishdi.

"Sanktsiyalar — bu ikki tomonlama jarayon. Ular Gʻarb iqtisodiga ham oʻzining negativ taʼsirini oʻtkazmoqda. Shuning uchun oʻzaro teng kuchli va taʼsirli choralarni muhokama qilish kerak", — dedi xalqaro ishlar qoʻmitasi raisi Leonid Slutskiy.  

Rossiya Federatsiya Kengashi Mudofaa Qoʻmitasi raisi Yevgeniy Serebrennikov aytishiga koʻra, bu maslada savdolashishga — Rossiya mutlaq yoʻl qoʻymaydi. Siyosatchining fikriga koʻra, qurol yarogʻni kamaytirish — bu ikki tomonlama bosqichma-bosqich olib boriladigan jarayon va uning sanktsiyalarga umuman aloqasi yoʻq.  

Rossiya Xalqaro Ishlar kengashi bosh birektori Andrey Kortunovning Trampning ushbu taklifida mantiq topishga harakat qildi.

"Birinchidan, sanktsiyalar avval Qrim yarim oroli masalasi boʻyicha, keyin esa Ukraina sharqidagi voqealar yuzasidan kiritilgan edi. Ularning Rossiya va AQShning strategik qurolsizlanish haqidagi shartnomasiga hech qanday aloqasi yoʻq", — deydi Kortunov.  

"Nim boʻlganda ham Trampning ushbu taklifi — muhim va ijobiy belgi. Chunki u Tramp uchun eng muhim boʻlgan masalalarni namoyish qiladi. Bu bilan Tramp — strategik qurolsizlanish uning uchun Ukrainadan koʻra muhim ekanligini bildirmoqda. Demak, buni suhbatga taklif sifatida qabul qilish kerak", — dedi Kortunov.   

Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti Konstantin Sivkovning fikriga koʻra, bugungi kunda yadroviy qurol — Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan yagona vositadir.

Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro shartnomalar boʻlimi rahbari, general-leytenant Yevgeniy Bujinskiyning fikriga koʻra, Rossiya yadro qurollar sonini 1550 tadan 1000 tagacha bemalol kamaytirishi mumkin. Lekin bunday holda, strategik ustunlikka ega boʻlmaslik uchun AQSH ham raketga qarshi mudofaa tizimi va kosmik qurollarni cheklashi kerak boʻladi.

Bujinskiyning fikriga koʻra, bu borada "batafsil gaplashib olish kerak" va ikki tomonni ham qoniqtiradigan shartnoma imzolash kerak. Unda Rossiya sanktsiyalarni bekor qilish evaziga Amerikaning strategik ustunlikka ega boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.

Asosiy mavzular