01:53 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
28631

TIV rahbari Qirgʻizistonda koʻplab insonlarning, jumladan bolalarning qurbon boʻlishiga sabab boʻlgan "Boing-747" yuk samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. 2017-yilning 17-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirgʻiziston Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"TIV rahbari 2017-yil 16-yanvarda Qirgʻizistonda koʻplab insonlarning, jumladan bolalarning qurbon boʻlishiga sabab boʻlgan "Boing-747" yuk samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi", — deyilgan xabarda.

Muvaqqat ishlar vakili Azamat Mambekov Qirgʻiziston rahbariyati va xalqi nomidan Oʻzbekiston tomoniga hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirgan.

 

Teglar:
Kamilov, aviahalokat, hamdardlik, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular