Mirziyoyev xonadonlarga kirib, xalq turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo‘lsa, chekka qishloq va ovullarga kirib boramiz, deya bergan va’dasining ustidan chiqdi

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning o‘tgan yilning noyabrida saylovoldi dasturi bilan Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida bo‘lgan va "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo‘lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz", deb aytgan edi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi
U bergan va’dasining ustidan chiqdi.

Mirziyoyev O‘zbekiston xalqining hayot darajasi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prezident respublikadagi shifoxonalar sharoiti bilan ham tanishgan. Shifokorlar bilan muloqotda malakali tibbiy kadrlar yetishtirish, shifoxonalar qurishda har bir hududning o‘ziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashgan.

Prezident odamlar boshlangan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

© http://jahonnews.uz/uz/politika/282/30327/Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi
Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi

Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0