02:30 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar (25)
313893

Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi bir nechta obʼyektlarga Islom Karimov nomini berish haqida Shavkat Mirziyoyev qarori eʼlon qilindi

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda har yili 2-sentyabr Islom Karimovni xotirlash kuni sifatida nishonlanadi.

25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori eʼlon qilindi.

"Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni Islom Abdugʻaniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish belgilansin", — deyiladi hujjatda.

Shuningdek, Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratilishi aytib oʻtilgan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklangan.

Mavzu:
Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar (25)
Teglar:
xotira kuni, Islom Karimov

Asosiy mavzular