00:56 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
24871410

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27-yanvar kuni Xorazm viloyatiga safar uyushtirdi

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning 11 noyabrida Shovot tumanida boʻlib oʻtgan saylovoldi uchrashuvida respublikaning barcha hududlari singari Xorazm viloyatini ham tubdan yangilash hamda viloyatning turli jabhalariga oid aniq rejalarni bayon etgan edi.

"Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi ana shu rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishish, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish masalalariga bagʻishlandi", — deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Mirziyoyev viloyatga tashrifini Xivadagi Ichan-qalʼa majmuasidan boshlagan. Prezident Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qilgan.

Mirziyoyev oʻz tashrifini insoniyatning bebaho boyligi sifatida YUNESKOning jahon merosi durdonalari roʻyxatiga kiritilgan majmuadan boshlagani bejizdan emas.

Sababi, prezident, 2016-yil 2-dekabrda "Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonni imzolagan edi.

Muzey-qoʻriqxona — Ichan-qalʼa majmuasi oʻzbek xalqi tarixi, madaniyati, ilm-fani, qadimiy meʼmorlik va hunarmandlik anʼanalarini mujassam etgan. Muzey fondida 38 ming 561 eksponat bor.

Ichan-Kala
Dan Lundberg
Ichan Qalʼa

Xorazmda bunday tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar juda koʻp. Ular zamon talablari asosida taʼmirlanib, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanib bormoqda.

Mirziyoyev Matniyoz Devonbegi madrasasida Xiva shahrining tarixiy qismida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari rejasi, Isfandiyorxon qabul marosimlari uyi va Nurillaboy saroy majmuasini rekonstruktsiya qilish loyihalari bilan tanishgan.

Prezident Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, yangi yoʻnalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targʻib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini taʼkidlagan.

Shuningdek, Urganchdan Xivagacha temir yoʻl va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yoʻlda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" tezyurar poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish lozimligini aytgan. Shaharning turizm jozibadorligini oshirish maqsadida saylgoh koʻchalar tashkil etish va kechki sayr imkoniyatini yaratish, ularda oʻzbek milliy urf-odatlari va koʻngilochar dasturlarni namoyish qilish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatda tarmoqda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali xorijlik sayyohlarni koʻproq jalb qilish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish, suvenir ishlab chiqaradigan korxonalarni koʻpaytirish masalalari muhokama etilgan va soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berilgan.

Teglar:
rasmiy safar, Xorazm, Mirziyoyev

Asosiy mavzular