22:56 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
2423610

Mahalla idoralariga tegishli vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoʻshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari "Mahalla iftixori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev mahalla institutini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:

fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish;

jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

yoshlarni maʼnaviy boy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularning bandligini taʼminlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;

jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash.

Mahalla idoralariga tegishli vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoʻshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari "Mahalla iftixori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Teglar:
shahar, tuman, fuqarolar yigʻini, mahalla

Asosiy mavzular