09:44 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
152463

AQSH elchixonalari viza olishga ariza bergan fuqarolardan ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari parollarini soʻrashlari mumkin, deb aytdi Amerika Qoʻshma Shtatlari Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Qoʻshma Shtatlar Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kellining soʻzlariga koʻra, bu chora AQSH xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin boʻlgan chet ellik fuqarolar tekshiruvini yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda, RIA Novosti xabari asosida.

"Biz baʼzi kuchaytirish, ayrim qoʻshimcha chora-tadbirlarni oʻrganyapmiz. Kimda-kim bizning davlatimizga kirib kelayotgan yoki kirib kelishni niyat qilgan boʻlsa, ular faqatgina pasport taqdim etish bilan kifoyalanmaydilar… Biz ularga "sizlar qanday saytlarga kirishlaringizni koʻrmoqchimiz, bizga parollaringizni bering", — deb aytishimiz mumkin. Biz ular internetda nima bilan shugʻullanayotganini koʻrishni istaymiz. Ammo bu ish bir hafta, bir oy muddatga choʻzilishi mumkin. Balki, biz ularni saralab olgunimizga qadar ulardan maʼlum vaqt kutish ham talab etilar. Agar ular bizga bu maʼlumotlarni taqdim etishni istamasalar, ular bizning davlatimizga kira olmaydilar. Biz ularning parollari orqali ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga kiramiz. Ular nima bilan shugʻullanishlari, nima deb yozishishlarini koʻramiz. Agar ular biz bilan hamkorlik qilishni istamasa, ular AQShga kira olmaydi", — deb aytgan Kelli.

 

Teglar:
twitter, OK, odnoklassniki, facebook, viza, AQSH

Asosiy mavzular