21:13 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
112742

Shavkat Mirziyoyev haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb eʼlon qilishni taklif etdi. Shu kuni hududlar prokurorlari va IIV boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish boʻyicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammolar va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev IIV xodimlari faoliyatini tanqid qilish bilan birga yana bir tashvishli holat xorijga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari masalasiga ham eʼtibor qaratdi.

"Fuqarolarimizning aksariyati ishlash maqsadida yurtimizdan ketgan, lekin ularning ayrimlari turli diniy-ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolmoqda. Chet elga ish qidirib ketgan fuqarolarni aniqlash va qaytarish, mahalla raislari, maʼnaviyat-maʼrifat markazlari, imom-xatiblar, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar bilan hamkorlikda aholi orasida diniy ekstremizmning salbiy oqibatlarini targʻib qilish borasidagi ishlar zamon talabi darajasida emas", — dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston prezidenti haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb eʼlon qilishni taklif etdi.

Shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish boʻyicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi.

Teglar:
yangi taklif, payshanba, Mirziyoyev

Asosiy mavzular