TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. 9 fevral kuni xalq deputatlari Past Dargʻom tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilingan "Zarafshon" nashrida.
Nashrda maʼlumot berilishicha, sessiyada tashkiliy masala koʻrilgan.
Vohid Rahimov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan Past Dargʻom tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.Samarqand viloyati hokimi Oqboʻtayev tavsiyasiga koʻra, shu paytgacha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullayevich Past Dargʻom tumani hokimi etib tasdiqlangan.
"Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan Ergashev Sobir Fayzullayevich Samarqand viloyati Past Dargʻom tumaniga hokim etib tayinlansin", — deyilgan Samarqand viloyati hokimi imzolagan qaror matnida.