Shavkat Mirziyoyev mart oyida Qozog‘istonga boradi

© AFP 2023 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq hukumatlararo maslahatlashuvdan so‘ng qozoq delegatsiyasining vakili Shavkat Mirziyoyev 22-23 mart kunlari Qozog‘istonga rasmiy safar uyushtirmoqchi ekanligi haqida aytdi

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk rasmiy tashrifini Qozog‘istonga amalga oshiradi. Bu haqda payshanba kuni O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov xabar qilgan.

Suv - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston ichimlik suvi bo‘yicha mega-loyihani muhokama qilmoqda
"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk rasmiy tashrifini Qozog‘istonga amalga oshiradi", — dedi u Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishida.

Ramatov hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davlat rahbarining tashrifiga tayyorgarlik jarayonida muhim bosqich sanalishini qayd etdi.

Yig‘ilish vaqtida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

RIA Novosti manbasining so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyevning Qozog‘istonga safari 22-23 mart sanasiga rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0