TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral, seshanba kuni Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinni qabul qildi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston" telekanali.
Telekanal xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Sergey Narishkin ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qilgan.
Narishkin qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlar xavfsizligini taʼminlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi oʻzaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.