06:25 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
53012

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida Oliy majlis deputatlarining vakolatini muddatidan avval tugatish toʻgʻrisidagi MSK Raisi M. Abdusalomov qarori eʼlon qilindi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining toʻrt nafar deputati vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qarorlar qabul qilgan. Hujjatlar matni MSK saytida eʼlon qilingan.

Jumladan, 42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan Sobitxon Turgʻunov Oʻzbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgan.

18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Shodmonov Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning Oliy Majlis deputati vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

128-Sanoat saylov okrugidan saylangan Rustam Komilov Oʻzbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 44 yoshli Komilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, 66-Yangiyer saylov okrugidan saylangan Dilfuza Oʻrolova Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Teglar:
MSK, deputat, Oliy Majlis

Asosiy mavzular