Erdo‘g‘on Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

© REUTERS / Kayhan Ozer/Presidential PalaceTurkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini tabrikladilar

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Turkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rustam Azimovni "Beylerbeyi" saroyida qabul qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning qutlovida bunday deyiladi: "Turkiya Respublikasi va qardosh O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va qardosh O‘zbekiston xalqini shaxsan o‘z nomimdan va Turkiya xalqi nomidan samimiy tabriklayman va ezgu istaklarimni yo‘llayman".

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlovida "1992-yilning mart oyida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan so‘ng qisqa vaqtda, ya’ni o‘sha yilning aprel oyida Toshkent shahrida Turkiya Respublikasi elchixonasi ochilgan"ini alohida ta’kidlagan.

Mirziyoyevning tabrigida bunday deyiladi: "O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining shu yil 26-fevral – 2-mart kunlari Turkiyaga tashrifi o‘zaro kelishuvlarimizning mantiqiy davomi bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, mening vakilim bilan uchrashganingiz va alohida hurmat ko‘rsatganingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman".

Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on uchrashuvi: ikki rahbar nimalarga kelishib oldi?
Mirziyoyev O‘zbekiston bilan Turkiya siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, harbiy-texnik, sayyohlik, logistika va boshqa sohalarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan va bir-birini to‘ldiradigan ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etgan.

O‘zbekiston Prezidenti tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0