19:52 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga tashrifini boshlamoqda

© AFP 2018 / VIKTOR DRACHEV
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan keldi (15)
464 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 mart kun rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonga yoʻl oladi

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Tomonlar qator ikki tomonlama hujjatlar va tijoriy bitimlarni imzolashni rejalashtirishgan. Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari muhokama etiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu tashrif yakunlariga koʻra, ikki tomonlama davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo mazmunga ega boʻlgan koʻplab hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan. Bu oʻzbek-qozoq hamkorligini yangi darajaga olib chiqishi kerak.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari davlat rahbarlarining eʼtiboridan chetda qolmaydi.

"Davlat rahbarimizning Ostonaga safari doirasida Oʻzbekistonning milliy sanoat koʻrgazmasini tashkil etish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining qoʻshma biznes-forumini oʻtkazish rejalashtirilgan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
"Oʻzbek delegatsiyasi tarkibida iqtisodiyotning yengil, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, kimyo, togʻ-kon va neftgaz sanoati vakillari boʻladi".

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston davlat rahbari Qozogʻistonga tashrifi arafasida "Kazinform" davlat axborot agentligiga oʻzining ilk intervyusini bergan. Mirziyoyevning qayd etishicha, Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Biroq, ikki mamlakat koʻplab salohiyatlaridan foydalanmayapti.

Oʻzbekiston tomonining statistika maʼlumotlariga koʻra, 2016 yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2 mlrd dollardan oshgan, 2017 yilda bu raqamni 2,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Mavzu:
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan keldi (15)
Teglar:
Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular