16:20 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan keldi (15)
2141112

Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari muzokaralari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini "Karimov davridagi" bilan solishtirishga mahkum edi

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga uyushtirgan birinchi rasmiy tashrifi davomida Nursulton Nazarboyev bilan birgalikda oʻzi bilib yoki bexosdan: Ostona va Toshkent munosabatlarida yangi sahifa boshlanmoqda, deya bot-bot taʼkidladi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

Nashrga koʻra, bu "yangi sahifa" oʻtgan yilning sentyabr oyidan beri, insult oqibatida mamlakatning Birinchi prezidenti Islom Karimov bevaqt vafot etganidan beri kutishayotgan edi. "Ammo tor doirada va kengaytirilgan tarkibda oʻtgan uchrashuvlar davomida Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev "doʻstlik va hamkorlik koʻpriklari" ikki xalq oʻrtasida Oʻzbekistonning sobiq prezidenti davridayoq oʻrnatila boshlanganini koʻp bor tilga oldilar", — deb yozdi nashr.

Toʻsiqlar yoʻq qilindi, imkoniyatlarga yoʻl ochildi

"Soʻnggi vaqtlarda bizning munosabatlarimiz tamomila boshqacha rivojlana boshladi: oʻtgan yilning toʻrtinchi kvartali, yoxud soʻnggi besh oy ichida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar aylanmasi har bir tomondan 30%ga oshdi, — deb taʼkidladi Mirziyoyev bilan birgalikda oʻtkazgan muzokaralardan soʻng Nursulton Nazarboyev. — Toʻrtta savdo uylari ochildi, biz tomondan 30 % koʻproq don sotilgan boʻlsa, Oʻzbekiston tomondan 25% koʻproq meva va sabzavotlar import qilindi. Bularning barchasi Oʻzbekistonning yangi rahbariyati savdo-sotiq uchun imkoniyatlarni keng ochgani va toʻsiqlarni olib tashlagani tufaylidir", — deya qoʻshimcha qildi Nazarboyev.

Shu yerda bir voqeani eslamaslikning iloji yoʻq, deb yozadi nashr. Besh yil oldin Toshkentlik bir haydovchi uning qarindoshlari bogʻdagi gilosni terishni xohlamasligini, shu bois mevalar huzurini qushlar koʻrayotganini aytib qolgan. "Ularning xohlamasliklariga sabab, gilosni qoʻshnilarga sotishning iloji yoʻq — ularning oʻz gilos daraxtlari bor, xorijga ham olib chiqolmaysiz — chunki olib chiqqani qoʻyishmaydi", — degan afsuslanib haydovchi. Shu oʻrinda nashr, qiziq, endilikda oʻsha haydovchining qarindoshlari bogʻidagi gilos mevalari qozoq bozorlarida paydo boʻlarmikin, degan savolni oʻrtaga tashlagan. Yoki oʻsha bogʻ egalari, besh oy oldin, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar yaxshilanishini kutib oʻtirmasdan, bogʻdorchilikka qoʻl siltashga ulgurdimikin? Ammo, aytish joizki, Karimov davrida ham Ostona va Toshkent Markaziy-Osiyo regionida savdo-iqtisodiy hamkorlik tomonidan yetakchi oʻrinni egallar edi, deb qoʻshimcha qilgan nashr.

Qozogʻiston rahbarining ikkiyoqlama munosabatlar faqatgina yaxshilanayotgani haqidagi taʼkidi Mirziyoyev tomonidan ham maʼqullangan. "Regional hamkorlik oʻzining real hosilasini beryapti. Biz siz bilan tor doirada kelishgandek, biz bu munosabatlarni faqat kengaytiramiz", — deb aytgan Mirziyoyev.

Xavfsizlik — eng muhim masala

Oʻzbekiston va Qozogʻiston iqtisodiyot va transchegaraviy daryolar masalasini muhokama qilish bilan chegaralanmadi, deb yozadi nashr.

Ikki oʻrtadagi muzokaralar, 23 mart kuni boʻlib oʻtayotgani tufayli, Londonda yuz bergan navbatdagi terakt haqida xabarlar tarqalgan.

Va shundan soʻng muzokaralar regiondagi terrorchilik va ekstremizm kabi illatlarga qarshi turish masalalariga ulanib ketgan.

Regiondagi xavfsizlik masalasi haqida koʻproq Mirziyoyev gapirdi, deb yozadi nashr.

"Bizning bugungi uchrashuvimiz biz jahonda kuzatayotgan tezkorlik bilan oʻzgarayotgan vaziyatlar va noaniq murakkab jarayonlar fonida kechmoqda, deb aytgan Mirziyoyev. — Mana shunday murakkab vaziyatlarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston vujudga kelayotgan tahdidlar va chaqiriqlarga oʻz vaqtida javob qaytarish va ularning oldini olish uchun umumiy yondashuv ishlab chiqishlari favqulodda muhim. Negaki bizning davlatlarimiz bizning katta mintaqamizda farovonlik va tinchlik saqlanib turishi uchun alohida javobgarlik olib boradilar. Biz bu haqda tor doiradagi uchrashuv vaqtida ham kelishib oldik — huquqni muhofaza qilish organlarimiz uchrashuvi haqida. Biz sotalarimizni vaqti-vaqti bilan solishtirib turishimiz juda muhim, chunki tahdidlar — jiddiy muammo va biz ularga qarshi yagona yondashuvni ishlab chiqishimiz lozim", — deb fikr bildirgan Oʻzbekiston rahbari.

Mavzu:
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan keldi (15)
Teglar:
Karimov, Nazarboyev, Oʻzbekiston, Mirziyoyev, Qozogʻiston

Asosiy mavzular